TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Bugun Dog‘istonning Kizlyar shahrida Maslenitsa bayramini nishonlash vaqtida noma’lum shaxs odamlarni o‘qqa tutdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Noma’lum shaxs odamlarga qarata o‘t ochdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 4 kishi vafot etdi, 5 kishi yaralandi. Hujum qilgan shaxs yo‘q qilindi”, — deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, qurbonlarning barchasi cherkovda Maslenitsa bayrami munosabati bilan ibodatdan qaytayotgan fuqarolar bo‘lgan. Ular orasida harbiylar bo‘lmagan.