TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Eronning Isfahon viloyati Semirom shahri yaqinida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda IRNA.
Ertalab soat 08:55da Aseman Airlines kompaniyasiga tegishl bo‘lgan samolyot Tehrondan – Yasuj shahriga yo‘l olgan. Parvoz boshlanganidan 50 daqiqa o‘tib, Isfahon viloyati Semirom shahri yaqinida samolyot radarlardan yo‘qolib qolgan.
“ATR-72 rusumli samolyot bortida 60 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida bir nafar yosh bola bo‘lgan. Afsuski, ularning barchasi qurbon bo‘ldi” – deyilgan xabarda.
Eron prezidenti Xasan Ruxoni Eron yo‘l va shaharlar rivojlanish vaziri Abbosa Axundiga ushbu halokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus qo‘mita tashkil qilishni topshirdi.