Ahmadboyning so‘nggi so‘zlari: men hech kimni hech narsaga majbur qilmaganman

© YoutubeAxmad Tursunbayev
Axmad Tursunbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudning yakuniy qarori 19-fevral kuni e’lon qilinadi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkent viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudida xalq orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanilik tadbirkor Ahmad Tursunboyev va uning sheriklari ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Sudda sudlanuvchi Ahmad Tursunbayev va uning sheriklariga oxirgi so‘z berildi.

"Hurmatli sudya, majlis qatnashchilari. Avvalo shuni aytishim kerakki, men fuqarolarni aldaganim yo‘q. Pul va avtomashinalarni ular o‘z xohish-irodasiga ko‘ra olib kelishgan. Men hech kimni hech narsaga majbur qilmaganman.

Men o‘zim dehqon va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan fermer bo‘lganman. Lekin yuz bergan voqeadan afsusdaman. Mening bitta maqsadim bor edi — ish qilish. Aldash hayolimga ham kelmagan. Fursatdan foydalanib, butun xalqimizdan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan kechirim so‘rayman. Meni kechiringlar", — dedi Ahmad Tursunboyev.

Axmad Tursunbayev - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy ustidan sud jarayoni boshlandi

Eslatib o‘tamiz, Ahmadboy va uning besh nafar sherigi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 211- (poraxo‘rlik) va 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda.

A. Tursunbayev 2015-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida "Chinoz halol chorva" va "Chinoz avto hamkor trans" korxonalarini tashkil qilgan. U va uning xodimlari milliy va chet el valyutasida aholidan eng kamida yiliga 100 foiz ustama berish sharti bilan pul olib kelgan. Shu bilan birga Ahmadboy pulni qaytarib berishga hech qanday kafolat bermagan.

Tomonlar, agar unga biror narsa bo‘lsa, hech kim hech narsa talab qilmaslikka kelishib olgan.

Ikki yil mobaynida Ahmad Tursunbayev va uning sheriklari katta miqdordagi pul, chorva mollar va turli rusumli avtomobillarni o‘zlashtirib kelgan. Ularning jinoiy faoliyati besh yil davom etgan. Ma’lum qilinishicha, bundan minglab fuqarolar jabr ko‘rgan.

Sudning yakuniy qarori 19-fevral kuni e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0