Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik plastik kartochkadan so‘zsiz yechib olinadi

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishSantexnik ustanavlivayet schetchik na vodu
Santexnik ustanavlivayet schetchik na vodu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farmon talablariga ko‘ra, 2018-yil 1-martdan boshlab turar-joyga propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar kommunal to‘lovlar bo‘yicha uy mulkdori bilan birgalikda javobgar hisoblanadi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Vodoprovodniy kran - Sputnik O‘zbekiston
Suv uchun oldindan 100% to‘lov - O‘zbekistonda yangi qonun amalga kiritildi

Farmon talablariga ko‘ra, 2018-yil 1-martdan boshlab turar-joyga propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar kommunal to‘lovlar bo‘yicha uy mulkdori bilan birgalikda javobgar hisoblanadi.

Majburiy ijro burosiga energoresurslar bo‘yicha qarzdorliklari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning plastik kartalarining hisob raqamlaridan eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘larini har oyda so‘zsiz yechib olish huquqi berildi.

Shu bilan birga, 2018-yil 1-mayga qadar ijro hujjatlari va kommunal to‘lovlardan qarzdorligi mavjud shaxslarning ma’lumotlari aks ettirilgan umumfoydalanishdagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Mazkur bazaga kiritilgan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar yirik bitimlar tuzish, ayrim turdagi moliya-kredit, xalqaro yo‘lovchi tashish va davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0