Prezident Buxoroda qorako‘lchilik instituti va jamg‘armasini tashkil etish topshirig‘ini berdi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev poruchil sozdat spetsializirovanniy institut i fond dlya razvitiya karakulevodstva
Shavkat Mirziyoyev poruchil sozdat spetsializirovanniy institut i fond dlya razvitiya karakulevodstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentga Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar haqida ma’lumot berildi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida qorako‘lchilik bo‘yicha institut va jamg‘arma, zavod tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi, deb xabar berdi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati.

Prezidentning Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Chorvachilik, parrandachilik, ipakchilik, echkichilik, asalchilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish borasidagi rejalar haqida ma’lumot berildi. Shavkat Mirziyoyev qorako‘lchilikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

"Buxoro qorako‘lchilikning asl vatani ekani, mahalliy aholi ilgaridan bunday mahsulotlarni butun dunyoga sotib, katta daromad topganini qayd etdi. Bu sohada yo‘qolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash, cho‘pon va tikuvchi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi", — deyiladi xabarda.

Davlat rahbariga tut bargidan foydali choy ishlab chiqarishga doir loyiha taqdim etildi. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam, vitamin va minerallar esa, aksincha, ko‘proq.

Prezident bu loyihani ma’qullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import o‘rnini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0