Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev vo vremya posesheniya memorialnogo kompleksa "Xodja Abduxolik Gijduvaniy"
Shavkat Mirziyoyev vo vremya posesheniya memorialnogo kompleksa Xodja Abduxolik Gijduvaniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “Yetti pir” maqbaralarini obod qilish, ularni bir yo‘l bilan bog‘lash loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Qur’on tilovat qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev avvalgi topshiriqlar ijrosini ko‘rish maqsadida Buxoro viloyatiga keldi

“Davlatimiz rahbari mamlakatimizda, jumladan, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar ko‘pligi, ularni ziyorat qilish yurtdoshlarimiz uchun ham qarz, ham ulkan saodat ekanini ta’kidladi. Yosh avlodni ajdodlarimizning ma’naviy merosi asosida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shu yerda Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavallud sanalarini nishonlash, “Yetti pir nomi bilan mashhur qadamjolarni obonlashtirish loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur o‘ylanmaganini tanqid qildi. Allomalar yubiley sanalarini ularga munosib tarzda, dunyo olimlarini jalb qilgan holda yuksak saviyada nishonlash zarurligini ta’kidladi. “Yetti pir” maqbaralarini obod qilish, ularni bir yo‘l bilan bog‘lash loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Yangiliklar lentasi
0