O‘zbekistonda yuzga surtiladigan xavfli krem aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Liskin / Mediabankka o‘tishDevushka na protsedure.
Devushka na protsedure. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yuzga suriladigan krem xatarli o‘smalarni keltirib chiqaradi. Xavfli mahsulot nomi - NEWA.

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. "O‘zstandart" agentligi iste’mol bozorlarida yuzga surtiladigan xavfli gel aniqlanganligi haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bu mahsulotning savdo belgisi NEWA, yuz uchun gel, nomi Lift gel activateur, kelib chiqish mamlakati Isroil deb yozilgan.

Gel tarkibida N-nitrozodietalamin (NDELA) moddasi aniqlangan. Ushbu modda kanserogen hisoblanadi va a’zolarda xatarli o‘smalarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

"O‘zstandart" agentligi davlat inspektorlari tomonidan iste’mol bozoriga oid ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan.

Agentlik aniqlangan sifatsiz mahsulot inson salomatligiga zarar yetkazish mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Yangiliklar lentasi
0