TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Mayami shtatidan 60 kmda joylashgan Parklenda 19 yoshli o‘smir bola 17 kishini otib tashladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Mudhish voqea yuz bergan shahar 2017-yilda "shtatning eng xavfsiz shahar" unvonini olgandi.
Chorshanba kuni Marjory Stoneman Douglas High School maktabida dars tugashiga 10 daqiqa qolganda yong‘in trevogasi e’lon qilinadi. Shundan so‘ng o‘q otish ovozlari eshitila boshladi.
Florida shtati senatori Bill Nilsen so‘zlariga ko‘ra, o‘q otgan kishi yong‘in niqobida bo‘lib, yonida tutun granatalari bo‘lgan.
"Bolalar koridorga chiqishi va ularni to‘da bo‘lib yig‘ilgan holatda o‘q otish uchun u yong‘in trevoga signalini yoqqan", — deb ta’kidladi senator.
Fojiada omon qolganlar so‘zlariga ko‘ra, ular boshida bu o‘quv trevogasi deb o‘ylashgan.
Mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 19 yoshli Nikolas Kruz AR-15 vintovkasidan otishmani ko‘chada boshlab, keyinchalik binoga kirgan. U voqeadan 1,5 soatdan keyin qo‘lga olinadi.
Okrug sherifi Brovard Skott Israelning so‘zlariga ko‘ra, 17 o‘ldirilgan kishilarning 12 tasi maktab ichida, 3 tasi bino tashqarisida aniqlangan. Shuningdek, 2 nafar kishi shifoxonada vafot etgan. Hozirgi vaqtda shifoxonada yana 3 kishi o‘ta og‘ir holatda qolmoqda.
Sherif so‘zlariga ko‘ra, otishmani qilgan yigit intizomi tufayli maktabdan haydalgan, hozirda u politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.