Migratsiya markazi JCh davrida patent berilmasligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Obuna bo‘lish
Xorijlik fuqarolar futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati davrida Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi patent berishni to‘xtatishi haqidagi xabarlardan tashvishga tushgandi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Moskva Ko‘p tarmoqli migratsiya markazi futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati davrida patent berish to‘xtatilishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

"Ayni paytda futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan davrda patent berish bo‘yicha cheklovlar kiritish ko‘zda tutilmagan", — deyiladi markazning Facebookdagi sahifasida.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligining MDH uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternik migratsiya hisobini tashkil etish bo‘yicha Rossiya prezidentining farmoni bilan ma’lum bir cheklovlar kiritilishini ma’lum qilgandi. Xususan, migratsion hisobga qayd etish muddati qisqaradi. Migratsion hisob va ro‘yxatga olish dam olish kunlari ham amalga oshiriladi.

Futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati 14-iyundan 15-iyulga qadar Rossiyaning 11 shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0