Bu yil “O‘zagroeksport” o‘rikni to‘rt baravar qimmatiga sotib oladi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishAbrikos
Abrikos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Undan tashqari kompaniya fermerlarga, fyuchers shartnomalari asosida, hosil tayyor bo‘lishidan bir necha oy oldin uning haqini to‘laydi.

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. "O‘zbekoziqovqatxolding" tarkibiga kiruvchi “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati bundan buyon dehqon va fermerlarga avans (bo‘nak) pulini hosil tayyor bo‘lishidan bir necha oy oldindan to‘laydi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xususan,  yangi mavsuda yetishtirilgan o‘rik mahsulotlarini fyuchers (oldindan pul to‘lash) shartnomalari asosida, qimmatroq xarid qilish muhokama qilindi.

"2018 yil o‘rik mevasi hosili uchun, aniqrog‘i, 1 kilogramm 40+ kalibrli o‘rik uchun, sotib olish narxlari to‘rt barrobar oshirilgan holda —  8 000 ming so‘m etib belgilandi", — deyilgan kompaniya xabarida.  

Ushbu qaror “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyatida 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbati yakunida qabul qilindi. Banklar, fermer va dexqon xo‘jaliklari, logistika markazlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Majlisda keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rik eksporti bo‘yicha O‘zbekiston jahonda ikkinchi o‘rinda turar ekan.

Yangiliklar lentasi
0