Ispaniyaning qator kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Oqsaroyga tashrif buyurdi

© FacebookDelegatsiya v sostave predstaviteley rada ispanskix kompaniy posetili rezidensiyu Oksaroy
Delegatsiya v sostave predstaviteley rada ispanskix kompaniy posetili rezidensiyu Oksaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehmonlar Birinchi prezident haykali poyiga gul qo‘ydilar, so‘ngra Islom Karimov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Ispaniyaning bir qator kompaniyalari vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo etish uchun Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda Islom Karimov Fondining Facebook"dagi sahifasida xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, mehmonlar Birinchi prezident haykali poyiga gul qo‘ydilar, so‘ngra Islom Karimov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

"Delegatsiya a’zolari prezident Karimov mamlakat uchun murakkab bo‘lgan davrda tinchlik, barqarorlik va millatlararo totuvlikni saqlab qola olgani, O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor qo‘yganini alohida ta’kidladilar", deyiladi xabarda.

Tadbirda prezident Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi hamda Islom Karimov Fondi vakillari ishtirok etdilar.

Yangiliklar lentasi
0