“Avtotest” monopoliyasi tugatiladi

© Sputnik / Yevgeniya NovojeninaVoditel v kabine avtomobilya
Voditel v kabine avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchilik malakasini oshirish talabi faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan saqlanib qolnishi mumkin.

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi yuridik shaxslar haydovchilarining malaka oshirishiga bo‘lgan talablarni qisman bekor qilishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, deb xabar qildi vazirlik telegram kanali.

“Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda”, — deyilgan xabarda.

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o‘rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko‘rilmoqda.

Haydovchilik malakasini oshirish talabi faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan saqlab qoldirish taklif qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0