Shu yil yanvar oyida mashina va uskunalarni eksporti 3 baravarga ko‘paydi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha sherik davlatlar hisoblanadi, ular bilan tashqi savdo aylanuvi 41,4% ni tashkil qiladi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston shu yil yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,8 milliard (eksport — 0,7 milliard dollar, import — 1,1 milliard dollar) tashkil qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asosan.

Uzbekistan - Koreya biznes dialog - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Koreya investitsion hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

Tashqi savdoning saldosi minus 433,9 million dollar bo‘ldi, ular ichida MDH davlatlari minus 161,9 million dollar, boshqa davlatlar bilan minus 272 million dollar.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, so‘ngi yillar davomida O‘zbekiston eksport tarkibi o‘zgarib, tovarlar va xizmatlarning barcha guruhlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ko‘payishi kuzatilmoqda.

Eksport tarkibining asosiy ulushi xizmatlar 34,1 % ni tashkil qilmoqda. Ulardan asosan neft mahsulotlari va energiya — 24,2 %, transport xizmatlari — 16,1 %, kimyo mahsulotlar — 8,2 %, oziq-ovqat mahsulotlar — 7,2 %, qora va rangli metallar — 4,8 %.

Mashina va uskunalarni eksporti o‘tgan yil ko‘rsatkichiga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi. Eksport asosan transformatorlar va akkumulyatorlar (46,7%) va qozon, uskuna, mexanik qurilmalar va ularning qismlarini (9,1%) eksport qilish hisobiga ko‘paydi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga avtomobil eksportini boshladi

Oziq-ovqat mahsulotlarni eksport qilish 40,8 %ga ko‘paydi. Ular asosan bug‘doy — 6,8 baravar, meva sabzavotlar — 28,8 %ga ortdi. Energiya va neft mahsulotlarni eksporti 2,3 baravarga ko‘paydi. Tabiiy gaz eksporti 3,3 baravarga ko‘paydi.

Importning asosiy ulushi mashina va uskunalar (35,4 %) hamda kimyo mahsulotlar (14,8 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha sherik davlatlar hisoblanadi, ular bilan tashqi savdo aylanuvi 41,4% ni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0