Moskvada Karimov haykalini o‘rnatish bo‘yicha referendum kuzga qoldirilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPamatnik Islamu Karimovu
Pamatnik Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar tuman sudining 18-mart kuni referendumni o‘tkazishni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi apellyatsiyasi huquqiy muddat (30 kun) ichida o‘tkazilsa, deputatlar tayyorgarlik ko‘rishga ulgurishmaydi va referendum kuz mavsumiga qoldiriladi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Yakimanka okrugi deputatlari Islom Karimov haykalini o‘rnatish bo‘yicha mahalliy referendumni kuz mavsumiga o‘tkazishmoqchi.

Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Sud Islom Karimov haykalini o‘rnatish masalasi bo‘yicha referendumni bekor qildi

Shuningdek, referendumda Lenin haykalini ko‘chirish, transport va ko‘p qavatli uylarni qurish masalalari ham qo‘yilgan.

Bundan avval, Zamoskvoretskiy sudi prokuraturaning Yakimanka tumani deputatlarining 18-martda mahalliy referendumni o‘tkazishni noqonuniy deb topish to‘g‘risida da’vo arizasini qanoatlantirgandi.

Prokuraturaning fikriga ko‘ra, referendumga qo‘yilgan masalalar mahalliy boshqaruv organ vakolatiga kirmaydi.

"Ertaga biz apellyatsiya topshiramiz, undan keyin bu masala bo‘yicha sud yig‘ilishi tayinlanishi kerak. Agarda 14-fevralda sud yig‘ilishi tayinib, unda ijobiy qaror qabul qilinsa Moskva shahar dumasida referendum o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun maksimal darajada ko‘p vaqt bo‘ladi. Shunda biz tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmaymiz. Bu holatda keyingi vaqtga ko‘chiramiz", — deb ma’lum qildi Yakimanka okrugi rahbari Andrey Morev.

Shu bilan birga, Morev barcha masalalar dolzarb bo‘lsa kuz mavsumida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Deputatlar referendumda fuqarolardan bir nechta masalalar bo‘yicha: Kalujsk maydonidan Lenin haykalini ko‘chirish hamda Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini va favvora o‘rnatish masalalari bo‘yicha so‘rov o‘tkazishmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0