Vazir Kamilov Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi prezidenti bilan uchrashdi

Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi o‘rtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi

TOShKENT, Sputnik. 2018-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi prezidenti, taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Lev Levayev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

Delegatsiya tarkibidan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi raisi Boris Kandov, Rossiya Buxoro yahudiylari kongressi raisi Yakov Leviyev va boshqalar o‘rin olgan.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi o‘rtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0