Vahshiylik: Farg‘onada tadbirkorni do‘pposlab, so‘ng yoqib yuborishdi

© Sputnik / Julyen MattiaOgon
Ogon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatida vahshiyona jinoyat sodir bo‘ldi: bir guruh shaxslar 40 yoshli tadbirkorni do‘pposlab, so‘ng yoqib yuborishdi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida  yashovchi T.Mamadaliyev 4-fevral kuni huquqni muhofaza organiga murojaat qiladi.

Sgorevshiy avtobus v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Yanvar oyida sodir bo‘lgan eng shov-shuvli hodisa va jinoyatlar

Uning bildirishicha, 3-fevral kuni soat 16.30larda o‘g‘li, xususiy tadbirkor, 1977-yilda tug‘ilgan R.Mamadaliyev o‘rtoqlari bilan Rishton tumanida joylashgan “Bo‘ston mazzali taomlari” nomli choyxonada o‘tirgan vaqtida noma’lum shaxs tomonidan chaqirib olingan. Shundan so‘ng u o‘rtoqlarining oldiga qaytib kirmasdan hamda yashash uyiga kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, surishtiruv ishlari natijasida bir necha nafar shaxs R.Mamadaliyevni choyxonadan ko‘chaga chaqirtirib, “Lasetti” rusumli avtomashinaga o‘tkazishganligi va uni “Mirzaobod tutzori” fermer xo‘jaligi dala maydoniga olib borishganligi aniqlangan.

Bu yerda R.Mamadaliyevni urib hushsiz holatga keltirib, sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida uning ustiga o‘zlari bilan olib kelgan benzinni sepib yoqib yuborishgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0