TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bolalarni organlar uchun o‘g‘irlayotgan jinoiy guruhlar paydo bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ammo IIV ushbu mish-mishlarni inkor etdi, va bu xabar haqiqatga mos kelmasligini ta’kidladi.
"O‘zbekiston hududida bolalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhlar yo‘q. Farg‘onada vafot etgan qizaloqning barcha organlari o‘z joyida, organlarning olinganligi yoki ko‘chirib o‘tkazilgani izlari mavjud emas", — deb ta’kidlagan vazirlik.
O‘zbekistonda goh-gohida bolalar organlar uchun o‘g‘irlanayotgani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lib turadi, ammo bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmaydi. Shu bilan birga, o‘z farzandlarini ma’lum summaga sotishga rozi bo‘lgan ota-onalar haqidagi xabarlar berilib boriladi.
Yanvar oyining oxirida Farg‘ona viloyatida bolalar savdosi bilan bog‘liq ikki hodisaning oldi olingan. Birinchi holatda ona o‘zining uch oylik zurriyodini 13 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi holatda — uch yashar bola uchun yetti ming dollar so‘ragan.