O‘tgan hafta futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston futzalchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida... 09.02.2018, Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan hafta futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston futzalchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashishi, Moskva kuchli qor yog‘ishi hamda Braziliyada mashhur karnaval boshlanishi bilan esda qoldi.
Qayg‘uli voqealardan — Rossiyaning Su-25 samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirildi. Uchuvchi samolyotni tark etishga ulgurdi, lekin jangarilar bilan bo‘lgan jangda qurbon bo‘ldi.
Suriyada Su-25 samolyoti uchuvchisi mayor Roman Filipov og‘ir yarador bo‘lgan holatda terroristlar tomonidan qurshovga olinganidan so‘ng o‘zini portlatdi.
O‘ta og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan yangi raketa Falcon Heavy SpaceX kompaniyasi ishlab chiqqan Tesla Roadster avtomobilini Yer orbitasiga olib chiqdi.
Moskvadagi qor yog‘ishi paytida manej maydonidagi ayol, 3-4 fevralda Moskva eng kuchli qor yog‘ini bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davomida yoqqan qor qalinligi 40 sm dan oshdi.
Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati chorak finalida O‘zbekiston futzalchilari Vyetnam terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqishdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Davron Choriyevning to‘p uzatishidan keyin Mashrab Odilov hisobni ochdi.