TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi 2018-yil martida ochilishi kerak. Bu haqda Rossiya TIVning Sankt-Peterburgdagi vakili Vladimir Zapevalovga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
"Bizda yana bir konsullik paydo bo‘ladi – bu O‘zbekiston konsulligi… Umid qilamanki, u mart oyida konsul ekzekvatura (xorijiy davlat konsuli o‘z vazifalarini bajarishi uchun RF TIVning rozilik berishi) olishi bilan ochiladi", — dedi u.
Zapevalovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston konsulligi xodimlari allaqachon Peterburgga kelishgan. Uning fikricha, shaharda O‘zbekiston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etishi bois ushbu davlat Bosh konsulligi "eng talabgir" konsulliklardan bo‘ladi.
Zapevalov hozirda Peterburgda 34ta bosh konsullik hamda 25 nafar faxriy konsullar ishlayotganini eslatib o‘tdi.