Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘lov stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva
Sotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘lovlar eng kam oylik ish haqiga nisbatan foizlarda yuridik shaxslar uchun hamda jismoniy shaxslar uchun alohida, transport vositasining toifasidan kelib chiqib belgilangan

TOShKENT, 9 fev – Sputnik.Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov stavkalariga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegramdagi kanalida xabar qilinmoqda.

Unga ko‘ra, to‘lovlar eng kam oylik ish haqiga nisbatan foizlarda yuridik shaxslar uchun hamda jismoniy shaxslar uchun alohida, transport vositasining toifasidan kelib chiqib belgilangan.

Agar, jismoniy shaxslarga tegishli yengil (M 1 toifadagi) avtotransport vositalari tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilsa, mazkur to‘lov Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undirilmaydi. Bunday hollarda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan to‘lovlar undiriladi.

© Telegram kanal Minyusta RUZMajburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari
Tarifi za texosmotra avtotransporta - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan undiriladigan, jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari uchun belgilangan to‘lov 2019-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Yangiliklar lentasi
0