"Navro‘z" bog‘ida sayyohlar o‘zini xuddi o‘zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur-prezident

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom parka "Navruz"
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom parka Navruz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev barpo etilayotgan "Navro‘z" madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi

TOShKENT, 9 fev – Sputnik. Toshkentdagi Anhor bo‘yida bunyod etilayotgan "Navro‘z" bog‘ida "Navro‘z" bayrami tantanalari, madaniy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan amfiteatr, qadimiy hovlilar, ustaxonalar, ayvonlar, choyxonalar va milliy an’analar aks etgan etnografik shaharcha quriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun prezident Shavkat Mirziyoyev barpo etilayotgan "Navro‘z" madaniyat va istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi.

Navro‘zda madaniyatimiz va qadriyatlarimizning barcha jihatlari namoyon bo‘ladi. Bu bog‘ ana shu boy milliy merosimizni tarannum etadigan joy bo‘lishi kerak, dedi prezident. Bu yerga sayyohlar ham ishtiyoq bilan kelishi, o‘zini xuddi o‘zbek mahallasida yurgandek his qilishi zarur. Har bir bino, o‘tkaziladigan har bir tadbir o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zligini anglashga hissa qo‘shishi lozim.

Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish, Navro‘z bayramini xalq sayli tarzida o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0