O‘zbekistonda shu yilda 350 mingga yaqin yangi ish o‘rinlar ochiladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishNa raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane
Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada ish o‘rinlari sonining ko‘payishi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va ishsizlarni qayta tayyorlash hisobiga amalga oshiriladi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilda 350 mingga yaqin doimiy ish o‘rinlar ochiladi, deb xabar qildi "Gazeta.uz" prezident qaroriga asoslangan holda.

Semeynoe predpriyatie Firdavs-shodlik - Sputnik O‘zbekiston
"Qayoqqa borsang, bor": Marg‘ilon shahar hokimligi tadbirkorlar sonini qisqartirish bilan band

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 168,2 ming kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

"Yo‘l xaritalari" va xususiylashtirilmagan korxonalar negizida yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 20 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Qishloq joylarda arzon binolarni qurish, ko‘p qavatli uylar, avtomobil yo‘llari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hisobiga 46 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy infratuzilma muassasalarining paydo bo‘lishi tufayli yangi maktablar va bolalar bog‘chalari qurilishi natijasida 10,6 ming kishi ish topa oladi.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazish hajmi ikki-uch baravarga oshishi mumkin

Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish natijasida deyarli 10,3 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Mavsumiy va vaqtinchalik ish uchun 169,5 ming kishi, shu jumladan, 140,1 ming nafar ishsiz fuqaro, xususan, kam ta’minlangan oilalarning a’zolari jalb etiladi.

Yangiliklar lentasi
0