TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati chorak finalida O‘zbekiston futzalchilari Vyetnam terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqishdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Davron Choriyevning to‘p uzatishidan keyin Mashrab Odilov hisobni ochdi.
29 —daqiqada himoyachi va darvozabonning xatosidan so‘ng Davron to‘pni raqiblar ustidan oshirib darvozaga joyladi.
Vyetnamliklar Choriyevning goliga 30 soniya ham o‘tmay javob berishdi.
Va nihoyat 39-daqiqada Ilhomjon Hamroyev bo‘sh qolgan darvozani uzoqdan aniq nishonga oldi — yakuniy hisob 1:3.
Vyetnam — O‘zbekiston 1:3.
Gollar: P.T.Luan 29 — M.Odilov 9, D.Choriyev 29, I.Hamroyev 39.
Ogohlantirish: D.Rahmatov 2.
Yarim finalda o‘zbekistonlik futzalchilar Eron termasiga qarshi maydonga tushishadi.