Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegarasini yopdi

© © Sputnik / Tabildi KadirbekovGranitsa
Granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirg‘iz chegarasidan odam va yuklarni o‘tkazishni to‘xtatdi, sabab - mahalliy aholi tortishuvli hududda ko‘prik qurgani.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirg‘iz chegarasidan odam va yuklarni o‘tkazishni to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri Qirg‘iziston Chegara xizmati xabariga asosan.

“2018 yilning 8-fevral kuni Tojikiston bir tomonlama tartibda tojik-qirg‘iz chegarasining «Kulundu-avtodorojniy» va «Kayragach-avtodorojniy» nazorat punktlari orqali odam va yuklar o‘tkazishni to‘xtatdi”, — deyilgan xabarda.

Shuningdek, “Kulundu-avtodorojniy” xalqaro  nazorat punkti bo‘lganligi uchun u yerdan o‘tish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi mamlakat fuqarolari chegarani kesib o‘tishlari mumkin, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy chegarasi 970 kmni tashkil qiladi. Undan451 kilometri haligacha aniq belgilanmagan. SSSR tarqalib ketganidan keyin ikki mamlakat orasida kamida 70 hudud borasida tortishuvlar davom etmoqda.

Vstrecha prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bir oy vizasiz yurishi mumkin

O‘tgan 25-yil davomida Tojikiston va Qirg‘iziston orasida davlat chegarasi haqida shartnoma imzolangani yo‘q. Chegara chizig‘i noaniqligi tufayli, bir necha bor qurolli mojarolar ham bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning fevral oyining boshida Dushanbega bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida chegara masalasi asosiy masalalardan biri bo‘lgan edi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Tojikiston chegarachilari Batken viloyatidagi Say Lalylak tumani hududida joylashgan ko‘prikni ham yopib qo‘yishgan. U yerda chegarachi qo‘shnlar soni oshirilgan.

Qirg‘iziston chegara xizmati xabariga ko‘ra, chegarada keskin choralar ko‘llashga Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan Sada kanali (Gulandoz) ustida qurilgan ko‘prik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Mahalliy qishloq aholisi maktab o‘quvchilari uchun ko‘prik qurishgan, chunki ular maktabga borish uchun har kuni uzoq masofadan aylanib kelishga majbur bo‘lishayotgan edi” – deyilgan Qirg‘iziston Chegara xizmati xabarida.

Ayni damda ikki mamlakat chegarachilari ushbu muammoni hal qilish uchun favqulodda uchrashuv o‘tkazmoqda. Chegarada vaziyat nisbatan barqaror”, deyilgan xabar so‘nggida.

Yangiliklar lentasi
0