Tojikiston O‘zbekistonga ikkita teraktning oldini olishga yordam berdi

© SputnikZdanie MVD RT, arxivnoe foto
Zdanie MVD RT, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston yordami bilan Rossiya hududida besh, Xitoyda bir, O‘zbekistonda ikki, Ukraina va Qozog‘iston hududlarida bittadan teraktning oldi olindi, dedi Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 2017 yilda Tojikiston O‘zbekiston hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan ikkita teraktning oldini olishga yordam berdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston mamlakat ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodaga asoslanib.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston yordami bilan Rossiya hududida besh, Xitoyda bir, O‘zbekistonda ikki, Ukraina va Qozog‘iston hududlarida bittadan teraktning oldi olingan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan yili Iroq va Suriya hududida ID tarkibida janglarda qatnashgan 250 nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan. Yuzdan ortiq tojikistonlik o‘z ixtiyori bilan Suriya va Iroqdan uylariga qaytishgan.

Yangiliklar lentasi
0