Ilon Mask Tesla avtomobilini Marsga uchirdi

Obuna bo‘lish
O‘ta og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan yangi raketa Falcon Heavy Tesla Roadster avtomobilini Yer orbitasiga olib chiqdi.

SpaceX kompaniyasi rejasiga ko‘ra, Tesla Roadster avtomobili Mars sayyorasi tomon geliotsentrik orbita bo‘ylab Mars tomon yo‘l oladi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, SpaceX kompaniyasi bir necha muvaffaqiyatsiz parvozlardan so‘ng 90 tonna yuk tashishga mo‘ljallangan Falcon Heavy nomli yangi raketani fazoga uchirishga muvaffaq bo‘lgan. Parvoz Florida shtatida joylashgan poligondan uchirilgan.

Avtomobil muvaffaqiyatli ravishda koinotga olib chiqilgan va rejaga ko‘ra raketaning yon tezlatish bloklari okeanda joylashgan platformaga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Markaziy tezlatish bloki esa, platformaga yetib bora olmasdan katta tezlikda okeanga qulab tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask raketalarining boshqalardan farqi shundaki – ular ko‘p marotaba ishlatishga mo‘ljallangan. Ya’ni boshqa raketlarning tezlatish bloki va sisternalari o‘z vazifasini bajarib bo‘lganidan so‘ng atmosferaning yuqori qatlamlarida yonib ketadi. Falcon Heavy esa bo‘shagan tezlatish bloklari okeanda joylashgan platformaga vertikal holda qo‘nishga mo‘ljalllangan.

Yangiliklar lentasi
0