TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston huquqini saqlash organlari Toshkentda bir guruh qalbaki pul yasovchilarni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIB.
To‘rt kishidan iborat guruhga— Baxodir Isroilov, Furkat Azizlarxo‘jayev, Dilshod Qilichev va Shaxboz Isxakovlar kirgan.
Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, jinoiy gurh fevral oyining boshida til biriktirib 100dona qalbaki 50 ming so‘mlik qog‘oz pullan yasagan. Qalbaki pullarning umumiy qiymati 5 million so‘mni tashkil qilgan.
“Jinoyatchilar o‘z ehtiyojlariga 3,6 million so‘m pul xarajat qilishga ulgurishgan. Yettinchi fevral kuni guruh a’zolari Yashnobod tumanidagi magazinlardan birida mahsulot xarid qilmoqchi bo‘lishganda jinoyat ustida qo‘lga olingan. Ularning yonidan 1,4 million so‘m qalbaki pul topilgan”, — deyilgan Toshkent shahar IIB xabarida.
Ayni damda, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.