Maktab internatida bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan ayol qo‘lga olindi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskie militsioneri vozle doma
Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBBga bomba haqida xabar kelib tushdi

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBBga maktab internati hududida bomba borligi haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uch kun ichida ikki nafar YPX xodimi urib yuborildi

"Kecha, 5-fevral kuni soat 18:18 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi L.Kucherenko mast holda 103-sonli aqli zaiflar maktab-internatida o‘qiyotgan o‘g‘li I.V.ni uyiga olib ketgani kelganida internat rahbariyati mast holda bo‘lgani uchun olib ketishiga ruxsat bermagan. Kucherenko Toshkent shahar IIBBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, yuqoridagi maktab internati hududida bomba bor, deb yolg‘on xabar bergan", — deb ta’kidlashdi IIBBda.

Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga huquqni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari yetib kelib, maktab-internat hududini tekshirganlarida xech qanday portlovchi moddalar va shubhali buyumlar topilmagan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yolg‘on xabar bergan L.Kucherenko ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0