Prezident farmatsevtika sohasi haqida - Hozirgacha qilingan ishlar meni umuman qoniqtirmaydi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe analizu rezultativnosti provodimoy raboti po razvitiyu farmatsevticheskoy otrasli i opredeleniyu aktualnix zadach na perspektivu
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie, posvashennoe analizu rezultativnosti provodimoy raboti po razvitiyu farmatsevticheskoy otrasli i opredeleniyu aktualnix zadach na perspektivu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonga olib kelinayotgan dori-darmon vositalarining 74 % import qilinmoqda.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika zavodi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxirigacha 30ta farmatsevtika korxonasi quriladi

Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, respublikada ushbu soha uchun katta imkoniyatlar yaratilganini, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonasi tashkil qilingani, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil qilingani qayd etildi.

Shuningdek o‘tgan yilda erishilgan ijobiy natijalar ham qayd etildi. Xususan, 2016-yilga nisbatan dori vostalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqari 34 % ga ko‘paygani, 71 ta yangi investitsion loyiha amalga oshirilib 148 mln dollarlik 33ta yangi obyekt ishga tushirilgani va 76 xil yangi maxsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani qayd etildi.

Lekin ushbu ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, prezident sohadagi ishlardan qoniqmayotganini bildirdi.

“Albatta, bu bir yillik qilgan ishlarimiz natijalari desak bo‘ladi, lekin hozirgi hamma qilgan ishlarimiz umuman meni qoniqtirmaydi, uunki qayerga borsak ushbu dori vositalarining sifati va narxiga ancha e’tirozlar bor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident aytishiga qaraganda, ochilgan farmatsevtika korxonalarining ko‘pchilligi ishlab chiqarish oson bo‘lgan “yengil-yelpi” dorilar ishlab chiqarilmoqda. Ba’zi hollarda xorijdan tayyor dorilar olib kelinib qadoqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dori vositalarini arzonlashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Mahalliy korxonalarga import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish uchun yillar davomida qator imtiyozlar berilgan bo‘lsa-da, ichki bozordagi talabning 74 foizi import hisobiga qondirilmoqda.

Import qilinayotgan 6 ming 824 nomdagi xorijiy dori vositasining yarmidan ko‘pini mamlakatimizda ishlab chiqarish mumkin. Lekin hozirda 27 foizi ishlab chiqariladi, xolos. Onkologiya, ginekologiya, stomatologiyada ishlatiladigan dorilar to‘liq import qilinmoqda.

Respublikada mavjud bo‘lgan 94 ta korxonadan faqat 12 tasi mahsulotining boshqa davlatlarda tan olinishini ta’minlaydigan GMP — "yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti" xalqaro sertifikatiga ega.

Majlisning to‘liq bayonoti bilan prezident rasmiy sahifasida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0