TOShKENT, 6 fev – Sutnik. Coca-Cola Trophy Tour doirasida futbol bo‘yicha jahon chempionatining asosiy sovrini O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga olib kelindi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, kubok bilan birga O‘zbekistonga fransiyalik futbol yulduzi, jahon va Yevropa chempioni Kristian Karambyo ham tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘FA vitse prezidenti Umid Ahmadjonov kutib oldi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Xayatt mehmonxonasida mundial sovriniga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkaziladi.
Kubok 7-fevral kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodga olib ketiladi.
Futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati 2018-yil 14-iyundan 15-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Chempionat uchrashuvlariga Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Saransk va Sochi shaharlari mezbonlik qiladi.