Rossiya urib tushirilgan Su-25 samolyoti uchun javob zarbasini berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari "Jabhat-an-Nusra" jangarilari nazorati ostida bo‘lgan hududga aniq nishonga oluvchi qurol yordamida yoppasiga zarba berilgan

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarba oqibatida 30 dan ortiq jangari yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kuni Rossiyaning Su-25 samolyoti Suriyaning Idlib viloyatida urib tushirildi. Uchuvchi samolyotni tark etishga ulgurgan, lekin jangarilar bilan bo‘lgan jangda qurbon bo‘lgan. Samolyot "Jabhat-an-Nusra" jangarilari tomonidan, ko‘chma zenit-raketa qurilmasi yordamida urib tushirilgan.

Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan samolyot Idlib viloyatidagi tinchlik o‘rnatish hududi ustidan navbatchi parvoz amalga oshirayotgan vaqtida zarbaga uchragan.

Yangiliklar lentasi
0