TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Birinchi fevral kuni Sputnik sahifasida "O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan tashkilot va muassasalar ma’lum bo‘ldi" sarlavhasi ostida xabar e’lon qilingan edi.
Ushbu xabar mahalliy manba — "Novosti Uzbekistana" sahifasidan olingan bo‘lib, hech qanday o‘zgartish yoki qo‘shimcha kiritilmasdan, o‘zbek tiliga tarjima qilingan va e’lon qilingan.
Bugun "Ijtimoiy fikr" vakili Sputnik muxbiri bilan suhbatda Markaz tomonidan korrupsiya mavzusida hech qanday so‘rov o‘tkazilmaganini va xabarda o‘tkazilgan so‘rovning mazmuni buzib ko‘rsatilganini ta’kidlab o‘tdi.
Shu munosabat bilan Sputnik axborot agentligi joriy yil 1-fevral kuni chop etilgan "O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan tashkilot va muassasalar ma’lum bo‘ldi" nomi ostida chop etilgan xabarga raddiya beradi.
Sputnik tahririyati ushbu xabarni chiqarishda hech qanday g‘arazli maqsadni ko‘zlamaganini ta’kidlaydi va boshqa manbadan olingan, noto‘g‘ri talqindagi ma’lumot uchun o‘z mushtariylaridan uzr so‘raydi.