Toshkentda 2018-yilda o‘rtacha maosh 3 million so‘mni tashkil etadi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida 2012-yildan buyon oylik maoshlar miqdori 3 barobar, pensiyalar miqdori ikki barobar oshgan.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Toshkent shahrida 2018-yilda o‘rtacha maosh 3 mln so‘mdan oshadi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Toshkent shahrining 2012-2017 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy natijalariga ko‘ra, 2017-yilda  poytaxtda o‘rtacha oylik maosh miqdori – 2 818 000 so‘mni, o‘rtacha oylik pensiya esa — 692 000 so‘mni tashkil etgan.

Belgilangan reja va prognoz ko‘rsatgichlariga ko‘ra, joriy 2018-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha oylik maosh miqdori – 3 096 000 so‘mga yetkaziladi, o‘rtacha pensiyalar miqdori – 805 000so‘mdan oshadi.

Hujjatda qayd etilishicha, oylik maoshlari hajmi 2012-yildan beri uch barobar, pensiyalar ikki baravarga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0