Moskvada 43 santimetr qor yog‘di: harbiylar tozalash ishlariga jalb qilingan

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSnegouborochnaya texnika kommunalnix slujb vo vremya uborki posledstviy snegopada na Krasnoy ploshadi v Moskve
Snegouborochnaya texnika kommunalnix slujb vo vremya uborki posledstviy snegopada na Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva meriyasi qor bo‘roni tufayli o‘quvchilarga maktabga bormaslikka ruxsat berdi - uchinchi fevral kuni boshlangan qor fojeali yakunlarga olib kelib, yo‘llardagi ahvolni murakkablashtirishda davom etmoqda. Ko‘chalardagi qor balandligi 43 santimetrga yetgan

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘tgan hafta oxirida Moskva regionlariga kuchli qor bo‘roni yopirildi. Sinoptiklar so‘zlariga ko‘ra, bunday holat yuz yilda bir marta kuzatiladi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilar Moskvadagi qor uyumlarida tiqilib qolgan avtobusni itarib chiqarishayotgani haqida video paydo bo‘ldi.

Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada oxirgi 100-yilda eng kuchli qor yog‘ini kuzatilmoqda
Moskva meriyasi qor appokalipsisi bo‘roni tufayli bolalarga maktablarga bormaslikka ruxsat berdi. "Kuchli qor bo‘roni bugun kechga ham, ertaga ham to‘xtamaydi. Yo‘llardagi ahvol murakkab. Shaxsiy avtomobillarda harakatlanmaslik tavsiya etiladi. Ertaga maktablarga borishni erkin deb e’lon qilamiz", — deb yozgan Moskva meri Sergey Sobanin o‘zining Tvitterida.

Uchinchi fevral kuni boshlangan qor fojeali yakunlarga olib kelib, yo‘llardagi ahvolni murakkablashtirishda davom etmoqda. Qor bilan birga muzli yomg‘ir ham yog‘gani qayd etilgan.

Moskva meriyasi xabariga ko‘ra, ob-havo tufayli Moskvada 1,6 mingga yaqin daraxtlar qulagan, ularning barchasi olib tashlangan.

Moskva regionlarida kuchli qordan keyin yuzaga kelgan ulkan uyumlarni tozalash ishlariga harbiylar jalb qilingan. Bu haqda G‘arbiy okrug matbuot-xizmati Interfaksga ma’lum qilgan.

© Sputnik / Oleg Golod / Mediabankka o‘tishSotrudniki kommunalnix slujb vo vremya uborki dereva, upavshego na avtomobilnuyu dorogu v sledstvie snegopada v Moskve.
Sotrudniki kommunalnix slujb vo vremya uborki dereva, upavshego na avtomobilnuyu dorogu v sledstvie snegopada v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Sotrudniki kommunalnix slujb vo vremya uborki dereva, upavshego na avtomobilnuyu dorogu v sledstvie snegopada v Moskve.

Rossiya gidrometeorologiya markazi ob-havo xavfliligi darajasini sariqdan to‘q sariq darajaga ko‘targan. Moskva aeroportlarida qor tufayli qoldirilgan reyslar soni 109taga yetgan, bekor qilinganlari soni — 28tani tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0