Aripov: O‘zbekiston raqamli qayta shakllanish davrini boshidan kechirmoqda

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vo vremya vizita v Kirgizstan
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vo vremya vizita v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri mamlakatda innovatsion va raqamli texnologiyalar sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Globalizatsiya davrida raqamli kun tartibi” mavzudagi forumda so‘zga  chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan.

Abdulla Aripov O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarni turli sohalarda qo‘llash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturi va boshqa narsalar haqida so‘zlab berdi.

“O‘zbekiston ham ildam qadamlar bilan raqamli qayta shakllanish davridan o‘tmoqda: mamlakatda katta soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan innovatsiyalar markazi, elektron hukumat va prezidentning elektron qabulxonasi tashkil etilgan. Prezident elktron qabulxonasi orqali bir yilda 1,6 mln fqarolar murojaatlari qabul qilindi”, — dedi bosh vazir.  

Undan tashqari soliq va bojxona to‘lovlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazilgan. Tashkil qilingan elektron ro‘yxatga olish tizimi tufayli yangi biznes ochish vaqti 30 minutgacha qisqartirilgan.

O‘zbekiston bosh vaziri fikriga ko‘ra, MDHning keyingi rivojlanishi, dunyo miqyosida raqobatbardoshligini oshirishi – raqamli iqtisodning samarali joriy etilishiga bog‘liq bo‘ladi.

“Turli mamlakatlarda raqamli iqtisod turli yo‘llar bilan va turli tezlikda rivojlanadi, lekin uning barcha uchun umumiy xususiyatlari ham bor. Bu – innovatsiyalar va investitsiyalar oqib kelishi uchun qulay sharoit yaratilishi”, — dedi Aripov.

Shuningdek O‘zbekiston bosh vaziri odatiy moliya institutlari  hamda innovatsion kompaniyalarning hamkorlik qilishi uchun yagona maydon tashkil qilish tashabbusini kiritdi.

Bosh vazir fikriga ko‘ra, bunday hamkorlik innovatsion mahsulotlarni moliya bozorlariga birgalikda kiritish, shuningdek blokcheyn, ochiq ma’lumotlar kabi yangi texnologiyalardan samarali foydalanish mexanizmini yaratishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0