TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Toshkent shahrida ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi shaxsiy tarkibi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda shahar hududida ma’lum bir yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
© GUVD g. TashkentaYashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tibbiyot muassasalariga joylashtirildi
Yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tibbiyot muassasalariga joylashtirildi
Jumladan, 2018-yil 2-fevraldan 3-fevral kuniga qadar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi 30 nafar shaxs joylardagi tibbiy muassasalarga joylashtirilib, ularga malakali birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, issiq ovqat hamda yotoq joyi bilan ta’minlandilar.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazish davom etmoqda.