TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Tojikistonlik futzalchilarga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston vakillari 4:2 hisobida g‘alabaga erishishdi.
Gollarga Dilshod Rahmatov, Davron Choriyev, Mashrab Odilovlar mualliflik qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzalchilari dastlabki o‘yinda Janubiy Koreya terma jamoasini 13:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi.