Avtoturargohda yirik yong‘in: 7 ta avtomashina yonib ketdi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishBesporadki v amerikanskom gorode Baltimore
Besporadki v amerikanskom gorode Baltimore - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida avtoturargohning 100 kv. m. maydonida joylashgan tom qismi ham yonib zarar ko‘rgan

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Joriy yil 31-yanvar kuni soat 18:22 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Asalobod 1-daha 1-uyda joylashgan «Eksilon Invest» MChJga qarashli avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan. IVV xabariga asosan. 

Xabarda aytilishicha, yong‘in oqibatida avtoturargohning 100 kv. m. maydonida joylashgan tom qismi va shu yerda bo‘lgan turli rusumdagi jami 7 ta avtomashina yonib zarar ko‘rgan.

Tezkor ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0