Dima Qayum asos solgan Xalq kutubxonasi binosi ochildi

© FacebookOtkrilas narodnaya biblioteka osnovannaya jitelem Fergani
Otkrilas narodnaya biblioteka osnovannaya jitelem Fergani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq kutubxonasining ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ham ishtirok etdi

TOShKENT, 2 fev – Sputnik. Bugun Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Dima Qayum nomi bilan tanilgan, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi Dilshod Boltaboyev asos solgan Xalq kutubxonasi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, Xalq kutubxonasining ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ham ishtirok etdi.

"Istardimki, bunday Xalq kutubxonalari butun O‘zbekistonda bo‘lsa!", deb yozadi u.

Dilshod Boltaboyev shuningdek, kutubxona rasman ochilganidan so‘ng kitobsevarlar olgan kitoblar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan "Dunyoning ishlari", "Tafsiri Hilol", "Qizimni tarbiyalayman", "Namoz o‘qish qoidalari", "Xislatli hikmatlar sharhi" kabi kitoblar joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Dima Qayum "Kutubxona tashkil qilish g‘oyasi qanday tug‘ildi", degan savolga "Yoshligimdan kitobsevarman. Avvaliga o‘zimda bor 50-60ta kitoblarni maxsus javonlarga taxlab, adabiyotga qiziqadiganlarga o‘qishga berishni yo‘lga qo‘ydim. Bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali xabar qilganimda, menga olis viloyatlardan kitob berib yuboruvchilar soni ortib ketdi. Ular orasida xalq shoirlari ham bor. Hozirda mingga yaqin kitoblar jamg‘arildi", deb javob bergandi.

Yangiliklar lentasi
0