TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent shahridagi "Oʻrikzor" ulgurji va chakana savdo bozori sotuvga qoʻyildi, bu haqda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining rasmiy saytida xabar qilingan.
Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi Toshkent shahar boshqarmasi 31 yanvar kuni savdoga qoʻygan davlat aktivlari roʻyxatida savdo va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ikki kompleks ham koʻrsatib oʻtilgan.
Toshkent avtomobil halqa yoʻlida joylashgan, 22,7 ming kvadrat metr maydonga ega birinchi kompleks 42,7 milliard, Uygʻur koʻchasidagi maydoni 23,6 ming kvadrat metr boʻlgan ikkinchi kompleks 62 milliard soʻmdan taklif etilmoqda.
Har ikki kompleks ham oferta shartnomasi boʻyicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi — yangi xaridor mazkur obʼyektlarga mablagʻ kiritishi lozim, uning aniq summasi koʻrsatilmagan.
Hozirda ushbu komplekslar "Oʻrikzor savdo kompleksi" MCHJ balansida turibdi.