Jamiyat

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiya oʻquv yurtlarida bepul taʼlim olishlari mumkin

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Studentы v auditorii
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Abituriyent Rossiyaning 80 shahridagi 500dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan istaganini tanlashi mumkin

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya oliy oʻquv yurtlari magistraturada oʻqishni istovchilar uchun Open Doors: Russian Scholarship Project xalqaro olimpiadasini tashkil etdi. Bu haqda Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezentatsiya UrGEU v RTSNK v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ural iqtisodiyot universiteti Oʻzbekistonlik talabalarni oʻqishga taklif qildi

Ushbu tanlovda gʻolib boʻlgan xorijlik talabalar kirish imtihonlarisiz magistraturaga qabul qilinadi va Rossiyadagi oliy oʻquv yurtida magistrlik dasturida bepul taʼlim oladi.

Abituriyent Rossiyaning 80 shahridagi 500dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan istaganini tanlashi mumkin. Xususan, ular orasida Times Higher Education World University Rankings (THE), QS World University Rankings va Academic Ranking of World Universities (ARWU) xalqaro reytinglariga kiruvchi oʻquv yurtlari ham bor.

Olimpiada gʻoliblari qabul kampaniyasi boshlanguniga qadar oʻzi tanlagan oʻquv yurtiga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Olimpiadada bakalavr diplomiga ega boʻlgan yoki 2018 yilda bakalavrlik dasturida taʼlim olishni yakunlayotgan Rossiyadan tashqari istalgan mamlakatning fuqarosi qatnashishi mumkin. Olimpiadaning birinchi bosqichida qatnashish uchun arizalarni 16 fevralga qadar loyihaning od.globaluni.ru sayti orqali berish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0