O‘zbekiston futzalchilari koreyaliklar darvozasiga 13ta gol urishdi

© AFC Futsal ChampionshipUzbekistan razgromil Yujnuyu Koreyu na Chempionate Azii po futzalu
Uzbekistan razgromil Yujnuyu Koreyu na Chempionate Azii po futzalu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘zbekistonliklar raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritishdi

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Xitoy Taypeyida o‘tayotgan Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichining dastlabki o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘zbekistonliklar raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Bahodir Ahmedov shogirdlari Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga yana 7ta gol kiritishdi. Raqib esa bor-yo‘g‘i ikki marta javob goli kiritdi va yakuniy hisob 13:2 bo‘ldi.

Gollar: Artur Yunusov (3), Davron Choriyev (7, 8, 13), Farhod Abdumavlonov (11), Ixtiyor Ropiyev (16), Husniddin Nishonov (22), Dilmurod Shavkatov (22), Ilhomjon Hamroyev (25), Dilshod Rahmatov (31), Anasxon Rahmatov (35), Mashrab Odilov (38), Davron Abdurahmonov (40) — Jang Yong Chol (25, 38).

Yangiliklar lentasi
0