TOShKENT, 1 fev — Sputnik. 14-fevraldan Toshkent shahri aholisi uchun sovuq suv tariflari qimmatlashadi, deb xabar qildi "Suvsoz" DUK.
Unga ko‘ra, holi uchun bir kubometr sovuq suv narxi 190 so‘mdan 195 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari 155 so‘mdan 165 so‘mga oshiriladi.
Hisoblagich bo‘yicha to‘lov amalga oshirishda markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli uylarda (issiq suvga hisoblagich bo‘lmaganda) 1 metr kub narxi 625 so‘m (hozir — 500 so‘m), issiq suv ta’minoti markazlashmagan xonadonlar uchun — 460 so‘m (hozir — 345 so‘m).
Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bo‘lganda bir kubometr suv narxi 460 so‘mga, kanalizatsiyasiz — 295 so‘mga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Toshkentda sovuq suv tariflari o‘tgan yilning 21-iyulida oshgan edi.