Ellik ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan avtobusdan g‘alati tovushlar kelmoqda

© KChS MVD RKSgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtoturargoh qorovullarining ta’kidlashicha, ular oqshomlari avtobusdan chinqiriq ovozlarini eshitayotgan ekan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatida 52 kishi qurbon bo‘lgan avtobusdan g‘alati sadolar kelayotgan ekan. Bu haqda 31-kanalga tayangan holda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Aqto‘bedagi fojea: avtobus nima sababdan yongani aytildi
Bir necha kun oldin yonib ketgan avtobus fojia joyidan Aqto‘bedagi avtoturargohga olib kelingan. Qo‘riqlash xizmati xodimlarining ta’kidiga ko‘ra, mana shu kunlar orasida ular avtobus tomondan kelayotgan, odam tovushlariga o‘xshash g‘alati sadolarni eshitishgan.

"Oqshom 1-2larda kelib, halok bo‘lganlarning chinqiriq va yordam ovozlarini eshitish mumkin", — deb hikoya qilgan qorovul.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 18-yanvar kuni Qozog‘iston trassasida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Faqat 5 nafar kishi omon qoldi. Ikki qavatli "Ikarus" Qozog‘iston davlat raqamlari bilan Rossiya tomon yo‘lga chiqqandi.

Fojea qisqa elektr simi tutashuvi, salon ichida yong‘in chiqishi va olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Aqto‘be viloyati sudi yonib ketgan avtobusning 3 nafar haydovchilarini 2 oy muddatga hibsga oldi.

Dastlabki tergov ishlari natijasida, avtobus haydovchilari tomonidan Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 345-moddasi, 4-bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini va transport vositasini boshqarish va ekspluatatsiya qoidalarini buzish) amalga oshirilgani aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0