"O‘zbekiston havo yo‘llari" Dubayga qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubayga qo‘shimcha parvozlar Boeing 757 laynerlarida amalga oshiriladi

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK joriy yilning 19-fevralidan 23-martiga qadar Dubayga qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar qildi milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

Goroda mira. Barselona - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Barselonaga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Xabarda aytilishicha, bu yo‘lovchilar ehtiyoji ko‘paygani bilan bog‘liq. Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozlar dushanba hamda juma kunlari Boeing 757 laynerlarida amalga oshiriladi.

Ayni damda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Dubayga haftasiga 3 marotaba parvozlarni amalga oshirmoqda (chorshanba, payshanba va yakshanba kunlari).

Harakatlanish jadvali (mahalliy vaqt bilan):

Dushanba: HY 333 Toshkent — 08:20 Dubay — 10:55; HY 334 Dubay — 12:55 Toshkent — 17:10.

Juma: HY 333 Toshkent — 08:20 Dubay — 10:55; HY 334 Dubay — 13:00 Toshkent — 17:15.

Yangiliklar lentasi
0