TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Shavkat Mirzoyevning Qashqadaryo viloyatiga bo‘lgan safari davomida, viloyatning barcha tuman faollari bilan videokonferensiya ko‘rinishida uchrashuv o‘tkazildi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
Unda Qashqadaryo tumanlari vakillari so‘zga chiqib, o‘z tumanlarida mavjud muammolarning eng muhimlarini hal qilib berishda prezidentdan yordam so‘rashdi.
Dehqonobod tumani vakili so‘zga chiqib, prezidentga ichimlik suvi bilan ta’minlash haqidagi qarori uchun minnatdorlik bildirdi. U yerda Tuman vakili inshgliz tilidan sirtqi ta’lim olishga hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurishga yordam berishni so‘radi.
Mirishkor tumani vakili so‘zga chiqib tumandagi ichimlik suvi olib keladigan quvurlar eskirgani tufayli aholini suv bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘layotganini aytib, ushbu muammoni hal qilishda yordam berishni so‘radi.
Prezident Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi masalasi juda og‘ir ekanligidan xabari va ushbu masalada tezlik bilan yordam ko‘rsatilishini va’da berdi
Chiroqchi tumani vakili, prezidentdan tumanga temiryo‘l o‘tkazish kerakligini, shuningdek ichki kanallarni yangilash kerakligini va har bahorda suvi qumga shimib ketayotgan Qumdaryo suvidan unumli foydalanishga yordam berishni so‘radi.
“Uchta katta katta narsalarni aytidingiz, bulardan qaysi birini birinchi navbatda amalga oshiramiz, kelishaylik-da endi”, — dedi prezident hazilolmuz ohangda Chiroichi vakiliga.
Chiroqchi vakili ham bo‘sh kelmasdan, — Ikkalasi bo‘lsa ham yaxshi bo‘lardi, — dedi.
Prezident bunga javoban — Ha mayli o‘ylab ko‘ramiz, temiryo‘l haqida xabarim bor, uning ham vaqti kelgan bo‘sa kerak, dedi. Chiroqchida birinchi navbatda temir yo‘l qursak qanday bo‘ladi, — deb zaldagilarga murojaat qildi.
Suv ombori masalasida Shavkat Mirziyoyev, shoshilmasdan avval uning loyihasini tuzish kerakligini aytib o‘tdi. “Bu masalada yetti o‘lchab bir kesish kerak”, — dedi prezident.
Muborak shahri vakili ham shaharni suv bilan ta’minlash tizimi 1978-yildan buyon eskirib ketganini aytib, ichimlik suvi masalasini hal qilishda yordam berishni so‘radi.
Qamashi tumani – 10-yil oldin qurilishi boshlangan tug‘ilish majmuasining qurilishini tugatib berishni so‘radi.
Prezident ushbu ish bilan darhol shug‘ullanishni buyurdi.
Uchrashuv yakunida prezident hayotning barcha sohalarida, ishxona, maktab davlat idaroalarida adolat bo‘lishiga, rahbarlar xalqqa sadoqat bilan mehnat qilishga chaqirdi.
— Yagona yo‘limiz xalqimizni og‘irini yengi qilish, — dedi prezident eng so‘ngida.