TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki qaroriga ko‘ra, 1-fevraldan boshlab Markaziy bankning barcha bo‘limlarida tushlik vaqti bir xil bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/1-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida xodimlarning tushlik tanaffus vaqti soat 1300 dan soat 1400 gacha etib belgilandi”, — deyilgan bank xabarida.
Shu munosabat bilan, aholi, korxona va tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qulayliklar yaratish maqsadida, bank va uning filiallarida tushlik tanaffus vaqtini soat 1300 dan soat 1400 gacha etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish tijorat banklariga tavsiya etildi.