Sovuqda 5km piyoda yurib maktabga borgan bolakay - dunyoga mashhur bo‘ldi

© Sos. setiIce Boy - Vang Fuman
Ice Boy - Vang Fuman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yashash sharoiti og‘ir bo‘lishiga qaramasdan, o‘qishni istagan, -9 daraja sovuqda piyoda maktabga borgan bolakayga bugun butun Xitoy havas qilmoqda.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Bundan bin necha kun oldin, yanvar oyining boshida Xitoyning kambag‘al qishloqlaridan birida yashovchi 8 yoshli Vang Fuman isml bolakay bir kunda ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan edi.

Vang Fuman Xitoy shimolida joylashgan Sinsze nomli kichik posolkada yashaydi. U har kuni maktabga borish uchun 5 km masofani piyoda bosib o‘tishi kerak. O‘sha kuni ertalab keskin sovuq tushgan va havo harorati —9 darajagacha sovib ketgan. Ustiga ustak, uning issiqroq kurtkasi ham bo‘lmagan, lekin bu qiyinchiliklar bolakayni to‘xtata olmagan, u baribir maktabga yo‘l olgan.

Maktab direktori Fu Xen aytishiga qaraganda, u bolakayni ko‘rib o‘z ko‘ziga ishonmagan. U sinfga kirganda sochlari va qoshlarida uzun uzun muz bo‘laklari qotib qolgan bo‘lgan. Yuzi esa sovuqdan olovdek qip-qizarib ketgan edi.

© Sos. setiIce Boy - Vang Fuman
Ice Boy - Vang Fuman - Sputnik O‘zbekiston
Ice Boy - Vang Fuman

U bolakayni shu ko‘rinishda suratga olib ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Surat bir zumda ommaviylashib ketgan.

Nafaqat Xitoy balkim dunyoning barcha nuqtalaridan bolaga yordam berishni istaydiganlar paydo bo‘lgan. Bolakayni – Ice Boy, ya’ni Muz bola deb atashgan.

© Sos. SetiIce Boy - Vang Fuman
Ice Boy - Vang Fuman - Sputnik O‘zbekiston
Ice Boy - Vang Fuman

Maktab direktori aytishiga qaraganda, bolakay buvisi va opasi bilan juda kambag‘al sharoitda yashaydi, lekin o‘qishda juda tirishqoq, chunki u o‘z turmush sharoitini faqat ilim olish bilan yaxshilashiga ishonadi.

© Sos.SetiVang Fuman opasi bilan o‘z uyida
Vang Fuman opasi bilan o‘z uyida - Sputnik O‘zbekiston
Vang Fuman opasi bilan o‘z uyida

Tez orada butun dunyodan bolakay o‘qiydigan maktabga 15 000 dollar xayriya puli kelib tushgan. Unga 20ta isitgich va 144 juft issiq kiyim bosh sotib olingan.

Ushbu voqedan biroz o‘tib, bolakayni Pekinga taklif qilishgan. U yerda Vangni katta ehtirom bilan kutib olishgan va uning sharafiga xayriya tadbiri tashkillashtirilgan. Bolakay telekanallar orqali o‘zi boshidan kechirgan voqeani so‘zlab bergan. Shundan so‘ng salkam 3 millionga yuan (450 000 $) yaqin hayriya puli jamlangan. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu mablag‘ bolakay yashab turgan tumandagi barcha maktablarni issiqlik bilan ta’minlashga yetadi

© Sos. setiIce Boy - Vang Fuman
Ice Boy - Vang Fuman - Sputnik O‘zbekiston
Ice Boy - Vang Fuman

Kelajakda politsiya xodimi bo‘lishni orzu qilgan bolakay uchun politsiyachilar Pekinda ekskursiya o‘tkazishgan, politsiya motosikliga mindirishgan, park va sun’iy qoyaga olib borishgan. U samolyot va poyezdga ilk bor mingan, lekin bolakay aytishiga qargandan unda eng katta taasurot qoldirgan narsa, bu – Pekindagi uylarning issiqligi bo‘lgan.

“Bu yerda uylar shunchalik issiq ekan-ki, bir qavat kiyimda uxlash mumkin. Biz uyimizni isitish uchun ko‘mir yoqamiz va bir necha qavat kiyim kiyib yotamiz”, — degan bolakay jurnalistlarga.

© Sos.SetiIce Boy - Vang Fuman
Ice Boy - Vang Fuman - Sputnik O‘zbekiston
Ice Boy - Vang Fuman
Bolakayning muxlislari esa, uning tirishqoqligiga qoyil qolib, u kelajakda albatta muvaffaqiyatga erishishiga ishonishmoqda.

© Sos.SetiVang Fuman odatda maktabga boradigan yo‘lak
Vang Fuman odatda maktabga boradigan yo‘lak - Sputnik O‘zbekiston
Vang Fuman odatda maktabga boradigan yo‘lak
Yangiliklar lentasi
0