TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirganini xabar qildi.
Xususan, faoliyatiga turli cheklovlar kiritilgan kishilar ro‘yxatiga Donesk va Lugansk xalq respublikalarining 10ta vazirlari ismlari hamda Sevastopol shahri meri Dmitriy Ovsannikov ham kiritildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ushbu sanksiyalar Ukraina hududining yagonaligi buzilishga sababchi bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlarning bir qismidir”, — deyilgan muassasa xabarida.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatiga DNR Axborot vaziri Igor Antipov, sanost va savdo vaziri Aleksey Granovskiy, moliya vaziri Yekaterina Matushenko, TIV rahbari Natalya Nikonorova, davlat xavfsizligi vaziri Vladimir Pavlenko, adliya vaziri Yelena Radomskaya, soliq vaziri Aleksandr Timofeyev, iqtisodiy rivojlanish vaziri v.b. Yelena Kostenko, Lugansk Xalq respublikasi mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Svetlana Malaxova, energetika vaziri Pavel Malginlar kiritildi.
AQSh Moliya vazirlig xabariga ko‘ra, yuqorida ismi keltirilgan fuqarolar Ukraina davlat hududi yagonaligining buzilishi, mamlakat suverenitetiga xavf solish va boshqa ishlarda ayblanmoqda.