YuNESKO O‘zbekistonlik yosh kinochilar mahoratini oshirishga yordam bermoqda

Obuna bo‘lish
Kino sohasida taniqli xalqaro mutaxassislar o‘zbekistonlik yosh ijodkorlari uchun trening seminarlar va mahorat darslari o‘tkazishdi.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Toshkentda yosh kinoijodkorlar uchun seminar-trening va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda, kino ijodkorlar, produserlar, ssenariy mualliflari uchun kino loyihalarini ishlab chiqish va ularni soha bo‘yicha o‘qitish tashkil etildi. Mahorat darslari xalqaro ekspertlar, akademik hamda kinoshunoslar tomonidan olib borildi.

 

Xususan, kinoindustriya sohasida taniqli xalqaro ekspert Birgit Bemers xonim bilan uchrashuv va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston kinosi tarixidan yaxshi xabardorman. Uning bugungi holati bilan yaqindan tanishib, rivojiga o‘z hissamni qo‘shish niyatidaman. Maqsad – yurtingizda kinoindustriya sohasi samaradorligini oshirishga ko‘maklash”,  – dedi B.Bemers xonim.

“Kino sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlab borish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Yurtimizda madaniyat sohasiga berilayotgan ulkan e’tibor nafaqat o‘sib kelayotgan yosh ijodkorlarga, balki sohada o‘z o‘rniga erishib ulgurgan mutaxassislarga ham o‘zgacha bir ilhom va yangi ijodiy parvoz bag‘ishlaydi. Mazkur trening bo‘lajak mutaxassislar uchun ko‘plab yutuqlarga erishish yo‘lidagi yana bir imkoniyat bo‘ldi”, –deydi akademik Akbar Hakimov.

Ushbu tadbir YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda «O‘zbekkino» milliy agentligi hamkorligida tashkil qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0